09:49 / 03.07.2025
51 616
“Humo” arenadagi Osiyo chempionati yakunlandi: oltin medallar Yaponiya va Xitoyga ketdi
26-iyundan 2-iyulgacha Toshkentdagi “Humo” arenasi mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi 29-stol tennisi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Oxirgi kunning final bellashuvlarida Yaponiya va Xitoy vakillari chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Qizlar finali:
– Yaponiyalik AOKI Sachi finalda hamyurti OJIO Yunani 4:0 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yigitlar finali:
– Xitoylik WEN Ruibo va Xitoy Taypeyi vakili CHANG Yu-An o‘rtasidagi bahs juda keskin kechdi:
- WEN Ruibo dastlabki uch setda: 11:5, 11:7, 11:8 hisoblarida g‘alaba qozondi.
- CHANG Yu-An esa keyingi uch setda: 11:8, 11:9, 11:4 bilan javob qaytardi.
- Hal qiluvchi 7-setda WEN Ruibo raqibini 11:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chempionlikni nishonladi.
Musobaqa davomida yuzlab yosh sportchilar kuch sinashdi, tomoshabinlar esa yuqori saviyadagi o‘yinlardan bahramand bo‘lishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Qilichbozlik bo’yicha jahon chempionatida O’zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo’lga kiritdi

O’zbekiston yoshlar o’rtasidagi Osiyo o’yinlari-2025 ga mezbonlik qila olmaydi UZNUR.UZ

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi

«90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin» — Srechko Katanes

O‘zbekistonlik qilichboz Fernanda Errera jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi