13:53 / 03.02.2025
57 398

Qilichbozlik bo’yicha jahon chempionatida O’zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo’lga kiritdi

 

 

Hal qiluvchi bahsda hamyurtlarimiz Vengriya jamoasini mag’lub qilishdi.


 

Gruziyada qizlar o’rtasida o’tkazilgan Jahon chempionatida O’zbekiston terma jamoasi vakillari umumjamoa hisobidan oltin medalni qo’lga kiritdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.


 

Guliston Perdiboyeva, Ayakuz Jumamuratova, Nargiza Jaksiboyeva va Samira Shokirova chorak finalda Germaniya, yarim finalda Italiya terma jamoasini mag’lubiyatga uchradi.


 

Hal qiluvchi bahsda hamyurtlarimiz Vengriya qilichbozlarini mag’lubiyatga uchratdi.


 

Eslatib o’tamiz, Samira Shokirova shaxsiy bahslarda ham oltin medalni qo’lga kiritdi.



qilichbozlik, oltin medal
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing