09:42 / 15.03.2025
74 934

Navbahor Hamidova finalda

 
Serbiyaning Nish shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida Navbahor Hamidova finalga chiqdi.
Chempionatning yarim final bahsida Navbahor Hamidova -66 kg vaznda rossiyalik Albina Moldajanovani mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.  
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Navbahor ushbu natija orqali mamlakatimiz boksi tarixida kattalar o‘rtasida jahon birinchiligining finalida ishtirok etadigan birinchi bokschi qizga aylandi.
Shuningdek, yarim finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan Farzona Fozilova, Sabina Boboqulova hamda Feruza Kazakova o‘z vaznlarida bronza medaliga ega chiqdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing