Bokschi Xavasbek Asadullayev Osiyo chempionatida oltin medaldan mahrum bo’ldi
Bokschi Xavasbek Asadullayev Osiyo chempionatida oltin medaldan mahrum bo’ldi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xavasbek Asadullayev raqibini tishlab olgani uchun Osiyo chempionati oltin medalidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Osiyo boks konfederatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
11 dekabr kuni Tailandda 71 kilogramm vazn toifasida Xavasbek Asadullayev va qozog‘istonlik bokschi Ablayxon Jusupov o‘rtasidagi final jangi bo‘lib o‘tdi.
Jang chog‘ida Asadullaev Jusupovning yelkasidan tishlab olgan, bu esa Qozog‘iston boks federatsiyasining protest keltirishiga sabab bo‘lgan.
Osiyo chempionatining texnik delegati Sadi Daffi qoidalarni buzgani uchun Asadullaevni diskvalifikatsiya qilishga qaror qildi va natijada Ablayxon Jusupov g'olib deb topildi.
boks, Xavasbek, Asadullayev, Osiyo, chempionatida, oltin, medaldan, mahrum, bo’ldi




