12:33 / 07.03.2025
88 169

FIFA 2030-yilgi jahon chempionatida ishtirokchi etuvchi jamoalar sonini 48 tadan 64 taga oshirishni o‘ylab ko‘radi

 

Turnirning 100 yilligi munosabati bilan shu tashabbus ilgari surildi.

Masalaning boshqa tomoni ham bor. Mundial final bosqichi qatnashchilari soni shundoq ham oshirilgan — AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan JCh-2026 da 48 mamlakat milliy jamoalari kuch sinashadi. Turnirning saviyasida bu qanchalik aks etishi hali sinovdan o‘tmagan.


Yubiley turniriga 64 jamoani taklif etish tashabbusi jahon chempionatini 1930-yilda birinchi bo‘lib o‘tkazgan Urugvaydan chiqdi.


FIFA prezidenti Infantinoning fikricha, bu taklifni obdan o‘ylab ko‘rish lozim.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing