11:12 / 14.02.2025
39 693

Samarqandda yuk mashinasi kanalga tushib ketdi

Samarqand shahrida ikkita yuk mashinasi toʻqnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.


 

Maʼlum qilinishicha, kecha, 13-fevral kuni soat 14:05 lar atrofida Samarqand shahar Shohi Zinda koʻchasi boʻylab bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Kia Bongo” rusumli transport vositasi “Single Cabin Truck Shineray T30” rusumli transport vositasining orqa qismidan borib urilgan. Toʻqnashuv oqibatida transport vositalaridan biri yoʻlning oʻng tarafidagi kanalga tushib ketgan.

Hodisa oqibatida ikkala transport vositasi haydovchilari ham tan jarohati olib, shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Xabarga koʻra, hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing