09:05 / 14.02.2025
39 478

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni yaqinida Lacetti va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi, qurbonlar bor UzNur.uz

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni yaqinida Lacetti va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi, qurbonlar bor
Fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.


 

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ikki kishi tan jarohati olgan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. YTH 14-fevral kuni soat 01:05 atrofida Bunyodkor shoh ko‘chasida (shu nomdagi stadion yaqinida) sodir bo‘lgan. Lacetti va Shaanxi yuk mashinasi o‘zaro to‘qnashib ketgan. Hodisa oqibatida avtomashinada bo‘lgan ikki yo‘lovchi tan jarohati olgan va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari dastlabki surishtiruv ishlarini olib bormoqda.


Lacetti, "Bunyodkor" stadioni, Toshkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing