Buxoroda YPX xodimini qasddan urib yuborgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi UzNur.uz
Keyin mashina boshqa mashinaga borib urilgan.
Kecha Buxoro viloyatining Jondor tumanida haydovchi GAI xodimini urib ketganligi haqida xabar bergan edik
Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 28 yanvar kuni soat 12:34 atrofida sodir bo‘lgan. Yo‘l harakati politsiyasi inspektori qoidani buzgan holda to‘xtab turgan transport vositasini payqab qolgan. Mashina yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit bergan.
Kobalt haydovchisi qoidabuzarlik haqida ogohlantirilib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Fuqaro inspektorning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, uning ustiga yugurib ketgan, shundan so‘ng “Matiz” rusumli avtomashinaga borib urilgan.
Yo‘l harakati politsiyasi xodimi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro, Jondor




