Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi UzNur.uz
BYD, Matiz va GAZ-32221 mashinalari toʻqnashuvi oqibatida 32 yoshli yoʻlovchi vafot etgan.
Joriy yilning 21 yanvar kuni soat 09:40 atrofida Mirzo Ulugʻbek tumani Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, 1965 yilda tugʻilgan haydovchi O.S. GAZ-32221 rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, yoʻlning belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan 1993 yilda tugʻilgan piyoda D.T.ni urib yuborgan.
Soʻngra rul boshqaruvini yoʻqotib, Z.Z. boshqaruvidagi BYD rusumli avtomashinasiga toʻqnashgan. Toʻqnashuv zarbidan soʻng, BYD avtomashinasi haydovchi R.T. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashgan.
Ushbu YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.




