15:18 / 07.12.2024
155 225

Toshkentda 19 yoshli Cobalt haydovchisi temir ustunga borib urilgan

 

Toshkentda 19 yoshli Cobalt haydovchisi temir ustunga borib urilgan.

Yigit mashina boshqaruvini yo‘qotdi.

6-dekabr kuni Toshkentda 19 yoshli Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ustunga borib urilgan, deb xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi matbuot xizmati.

Hodisa soat 21:30 atrofida Yashnobod tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2005-yilda ishlab chiqarilgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga borib urilgan. Ma`lum qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Mazkur fakt yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi haydovchilarni yo‘l harakati qoidalarini buzmaslik va belgilangan tezlikdan oshmaslikka chaqirdi.


cobalt, avariya, Toshkent, xabar, 2024, 2024 yil
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing