YeTTB TBC Bank Uzbekistanga 10 million dollar miqdorida birinchi kredit ajratdi
YeTTB TBC Bank Uzbekistanga 10 million dollar miqdorida birinchi kredit ajratdi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) O‘zbekistondagi birinchi raqamli moliya institutlaridan biri bo‘lgan TBC Bank Uzbekistanni qo‘llab-quvvatlab, uning xizmatlarini kengaytirish va mikrofirmalarga kreditlar ajratishga yordam beradi.
10 million AQSh dollarigacha (yoki 9,1 million yevro) kredit TBC UZ tomonidan sintetik o‘zbek so‘mida taqdim etiladi.
Ushbu mablag‘larning kamida 65 foizi yosh ishbilarmonlar rahbarligidagi yoki ularga tegishli mikrofirmalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi kutilmoqda, bu yoshlar ulushi 30 foizga yaqinlashayotgan O‘zbekiston uchun ayniqsa muhim. Bundan tashqari, kreditning kamida 40 foizi ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
YeTTB 2021 yildan beri TBC UZ aksiyadorlaridan biri hisoblanadi. TBC UZ Gruziyadagi eng yirik bank guruhining xolding kompaniyasi TBC Bank Group PLCning sho'ba korxonasi hisoblanadi. Bank o'z mijozlariga pul o'tkazmalari, kreditlar, depozitlar, bo'lib-bo'lib to'lash, bank kartalari va to'lovlar kabi raqamli xizmatlarni taqdim etadi. TBC UZ’ning innovatsion yechimlari O‘zbekiston bank sektorini yanada raqamlashtirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston ketma-ket to‘rtinchi yil Markaziy Osiyoda YeTTB tomonidan moliyalashtirish bo‘yicha yetakchi oluvchi hisoblanadi. Bugungi kunga qadar bank mamlakat bo‘ylab 167 ta loyihaga 4,95 milliard yevroga yaqin sarmoya kiritdi, ularning asosiy qismi xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
TBC, TBC Bank, kredit, 10 million, dollar, 2024, 2024 yil




