«Toshkentda o‘quvchilar orasida sintetik narkotik iste’mol qilish ko‘payyapti» — Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari
«Toshkentda o‘quvchilar orasida sintetik narkotik iste’mol qilish ko‘payyapti» — Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari.
O‘zbekistonda yoshlarning narkomaniyaga ruju qo‘yishi bo‘yicha eng ko‘p holat Toshkent shahrida qayd etilmoqda. Poytaxtda, shuningdek, o‘quvchilar orasida sintetik narkotiklar iste’moli qilish holatlari ham ko‘payib boryapti.
Hozirda Toshkent shahrida rasmiy statistika bo‘yicha 18−30 yosh oralig‘idagi 473 ming nafar yigit-qiz bo‘lsa, ularning 6 ming nafari og‘ir toifadagi yoshlar hisoblanadi. Durdona Rahimovaning qayd etishicha, shu 6 ming kishining 373 nafari giyohvandlik vositalariga surunkali ravishda ruju qo‘ygan va psixotrop moddalarni iste’mol qiladi.
Durdona Rahimovaning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda o‘quvchilar orasida sintetik giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish holatlari ham ko‘payib boryapti.
Toshkent, Durdona, 2024, 2024 yil




