Urush boshlanganidan beri AQSh Ukrainaga deyarli 183 milliard dollar ajratdi
Urush boshlanganidan beri AQSh Ukrainaga deyarli 183 milliard dollar ajratdi.
Mablag'larning katta qismi xavfsizlik sektoriga yo'naltirildi.
Pentagon bosh inspektori hisobotida aytilishicha, AQSh Kongressi urush boshlanganidan beri Ukrainaga 182,99 milliard dollar ajratgan deya xabar beradi Repost.uz sayti.
Maʼlumotlarga koʻra, “Atlantic Resolve” operatsiyasi va Kiyevni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boshqa chora-tadbirlar uchun mablagʻ ajratilgan. Shundan 131,36 milliard dollar xavfsizlik sohasiga to‘g‘ri keldi.
Qayd etilishicha, 46,51 milliard dollar AQShning Yevropadagi harbiy faolligini kuchaytirishga, yana 45,78 milliard dollar esa AQSh tomonidan yetkazib beriladigan qurollarni almashtirish uchun ajratilgan.
Bundan tashqari, davlat dasturlari, xususan, Ukraina davlat xizmatchilarining maoshlariga 43,84 milliard dollar sarflangan. Yana 4,08 milliard dollar gumanitar yordam uchun.
Ukraina, AQSH, davlat, dollar, pul, qurollar




