14:15 / 15.11.2024
191 949

Yevrokomissiya Ukrainaga 4 milliard yevrodan ortiq yordam transhi ajratilishini ma’qulladi

 

Yevrokomissiya Ukrainaga 4 milliard yevrodan ortiq yordam transhi ajratilishini ma’qulladi.

Mablag'larni ajratish YeI Kengashi tomonidan ma'qullanishi kerak Yevrokomissiya Ukrainaga 4,1 mlrd yevro miqdorida makromoliyaviy yordamning yangi transhini ma'qulladi, deb xabar qildi YeI oliy ijroiya organi matbuot xizmati. 

Mablag'lar Ukrainani qo'llab-quvvatlash bo'yicha Yevropa jamg'armasidan (Ukraina Facility) ajratiladi. Transh Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Transh Ukrainaning korrupsiyaga qarshi kurash, biznes sharoitlari, mehnat bozori qoidalari, energiya bozori standartlari va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq to'qqiz bandni isloh qilish majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan mumkin bo'ldi.

Eslatib oʻtamiz, “Ukraine Facility” dasturi 2023-yil oxirida tasdiqlangan. Unda 2024 yildan 2027 yilgacha 50 milliard yevro ajratish ko‘zda tutilgan.


Yevropa, Ukraina, dollar, 4 milliard, mablag'
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing