10:20 / 16.11.2024
190 554

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Pokiston va Qatar elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Pokiston va Qatar elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 2024-yilning 15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aloyev Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruk va Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashuvlar o’tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi, iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Asosiy eʼtibor rejalashtirilgan tashriflar va turli darajadagi qoʻshma tadbirlarning tashkiliy-mazmuniy jihatlariga qaratildi.


O'zbekiston, Pokiston, 2024, noyabr, Qatar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing