Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida O'zbekiston Respublikasi prezidenti Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o'tkazdi.
Ushrashuv davomida joriy yilning avgust oyida oliy darajadagi kelishuvlar doirasida erishilgan natijalar ko'rib chiqildi va ikki davlat o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikni kengaytirishga doir ustuvor masalalar o'rtaga tashlandi.
Ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yilida hamkorlik yuksak darajaga yetgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Hamkorlik yaxshi yo'lga qo'yilgani bois tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qishloq xo'jaligi, qurilish va shaharsozlik va boshqa bir qator sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli yakunlanayotganligi aytib o'tildi.
Davlat rahbarlari Afg'onistonni iqtisodiy rivojlantirishga ko'maklashish borasidagi amaliy hamkorlikni ham kengaytirish masalalari muhokama qilishdi.
Uchrashuv doirasida Xonqandi shahrida qo'shma tikuvchilik fabrikasini ishga tushurish marosimi ham bo'lib o'tdi.
siyosat, prezident