16:03 / 14.11.2024
193 428

O’zbekiston va AQSH davlatlarining to’rt yillik strategik sheriklik muloqoti bo’lib o’tdi


O’zbekiston va AQSH davlatlarining to’rt yillik strategik sheriklik muloqoti bo’lib o’tdi.

2024-yil 13-noyabr kuni AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo  bo’yicha yordamchisi Donald Lu Va O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vaziri o’rinbosari  Muzaffar Madrahimov  to’rtinchi yillik Strategik sheriklik muloqotini o’tkazdi. Uchrashuv Vashingtonda o’tkazilib, bu haqida AQSH Davlat departamenti xabar bermoqda.

Amerika departamentining qayd etishicha, ushbu muloqot xavfsizlik, iqtisodiyot va shaxslararo aloqalar sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish uchun muhim platforma hisoblanadi. Tomonlar ushbu uchrashuvning o’zaro hamkorlikni mustahkam va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo’lidagi muhim rolini e’tirof etgan holda, mazkur tadbir maqomini Mustahkamlangan strategik sheriklik muloqoti (STDP) darajasiga ko’tarishni kelishib oldilar.

Tomonlar yaqin kelajakda ushbu uchrashuvning davomini o’tkazib, hamkorlikning yangi yo’nalishlari, jumladan, muhim foydali qazilmalarni qazib olish va O’zbekistonning tabiiy gaz infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi sohalarni qamrab olishni rejalashtirdilar. So’nngi paytlarda muhim foydali qazilmalar sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi, bu sentyabr oyida foydali qazilmalar bo’yicha o’zaro anglashuv memorandumining imzolangani va O’zbekistonning Minerallar xavfsizligi bo’yicha hamkorlikka  qo’shish ham buni yaqqol tasdiqlaydi. 

Bundan tashqari Qo’shma Shtatlar va O’zbekiston O’zbekistonga gender zo’ravonlik va mehnat huquqlari masalalarini hal qilishdagi so’nggi yutuqlarni muhokama qildi. 

Qo’shma Shtatlar O’zbekistonga o’z fuqarolarining inson huquqlarini ta’minlab yordam berishga tayyorligini bildirdi.

 


siyosat, aqsh, xabarlar, uznur, prezident, O'zbekiston
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing