16:03 / 14.11.2024
193 099

Surxondaryoda ayol o’tin bo’lagi bilan urib o’ldirildi

 

Surxondaryoda ayol o’tin bo’lagi bilan urib o’ldirildi.

Voqeaga asosiy sabab sifatida uka o’z opasining begona erkak bilan ishqiy munosabatda ekanligini bilib qolgani aytilmoqda.
 

Voqea 2024-yil avgust oyida Muzrabot tumanida sodir bo’lgan. Ayblanuvchinsinglisi notanish erkak bilan ishqiy munosabatda bo’lgani uchun uning tanasiga yog’och bo’lagi bilan bir necha marta urgan. Olingan jarohatlar natijasida qiz voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat ishi Muzrabot tuman sudi tomonidan ko’rib chiqildi.  Erkak 97-modda 2-qismi “g” bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish) bilan ayblangan. Sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, pushaymonligini bildirdi. Sud erkakni aybdor deb topib, 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi.


favqulotda, xabar, O'zbekiston
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing