Boy mamlakatlarda migratsiya yuqori darajaga yetdi
Boy mamlakatlarda migratsiya yuqori darajaga yetdi.
Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarida migratsiya 2023-yilda rekord darajaga yetdi.
Mamlakatlardagi migratsiya oqimining ko’p bo’lishi ularga inflatsiya inqirozidan omon qolish imkoniyatini bermoqda. Ammo bu saylovchilarning noroziligiga sabab bo’lmoqda deb yozadi Financial Times
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining hisob-kitoblariga ko’ra, o’tgan yili 6,5 million odam IHHT tarkibiga kiruvchi 38 davlatga ko’chib o’tgan. Bu 2022-yilgi statistik ma’lumotlarga qaranda, 10 foizga ko’p.
Xizmat sohasida ishga yollanishning eng katta oʻsishi Buyuk Britaniyada kuzatilgan — u yerga 750 000 kishi koʻchib borgan.
Kanada, Fransiya va Yaponiyada ham rekord darajalar yuz bergan. AQSh 1,2 million qonuniy immigrantni qabul qilgan.
migratsiya, dunyo, rekord, shaxar




