19:30 / 14.11.2024
193 024

O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi III chorakda oshdi

  

O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi III chorakda oshdi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan iqtisodiy faollik darajasini baholash va prognoz qilish uchun respublika avtomobil bozoridagi faollik darajasi tahlil qilindi.

III chorakdagi vaziyat

2024-yilning III choragida O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshgan bo‘lsada, 2023-yilgi darajada emas. Xususan, iyul-sentyabr oylarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani tashkil qilib, II-chorakdagiga nisbatan 76,8 mingtaga (27,8 foizga) ko‘paydi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davridagiga nisbatan 19,9 foiz kam.

Tahlillar tijorat banklari tomonidan ajratilgan avtokreditlar va aholining tasarrufdagi daromadlari avtomobil bozoridagi faollik darajasiga taʼsir etuvchi muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, 2021-yil yanvar oyidan 2024-yil sentyabr oyigacha bo‘lgan davrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni va aholiga ajratilgan avtokreditlar hajmi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,72), shuningdek, aholi daromadlari va avtomobillar savdosi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,42) mavjudligi aniqlandi.


avto, O'zbekiston, avtokredit, bozor
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing