18:17 / 28.11.2024
170 072

40 dona IPhone O’zbekiston hududiga noqonuniy olib kirilmoqchi bo’ldi

O‘zbekistonlik fuqaro 750 million so‘m evaziga 40 dona iPhone’ni noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan umumiy qiymati 750 million so‘m bo‘lgan 30 dona “iPhone 16 ProMax” va 10 dona “iPhone 15 Pro” telefonlarini noqonuniy ravishda olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.


 

Farg‘ona viloyatining chegara zonasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi kuzatuv o‘rnatildi. Avtomobil Farg‘ona shahri hududida to‘xtatilib, bojxona xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirildi.


 

Tekshiruv natijasida avtomashinadan 30 dona iPhone 16 ProMax va 10 dona iPhone 15 Pro telefonlari topildi. Fuqaroda bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar bo‘lmagan. Musodara qilingan telefonlarning umumiy qiymati 750 million so‘mga baholanmoqda.


 

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda


 


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing