11:02 / 20.11.2024
183 091

Jizzaxda Cobalt urib yuborgan 4 va 13 yoshli qizlar halok bo‘ldi

 

Jizzaxda Cobalt urib yuborgan 4 va 13 yoshli qizlar halok bo‘ldi.

Jizzax viloyati Baxmal tumanida Cobalt haydovchisi ikki piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, holat 18 noyabr kuni soat 19:30 atrofida G‘allaorol-Baxmal-Supa-Zomin 4R-41 yo‘lida sodir bo‘lgan.

Kaltatoy qishlog‘ida yashovchi 33 yoshli A.O. Cobalt avtomashinasini boshqarib kelayotib yo‘lning belgilangan joyidan kesib o‘tayotgan piyodalar — 13 yoshli I.M. va 4 yoshli qizlarni urib yuborgan hamda hodisa joyidan yashiringan.


YTH oqibatida O‘smat shaharchasida yashagan opa-singillar turli tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan shu kuni gumonlanuvchi О.А.га nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) 3-qismi «a» bandi va 117-modda (Xavf ostida qoldirish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Haydovchi ushlangan va vaqtincha saqlash uchun hibsxonaga joylashtirilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


avariya, Cobalt, Jizzax
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing