10:47 / 20.11.2024
183 462

Toshkentda Zeekr va Onix avtomobillarining yosh haydovchilari YTHga uchradi

 

Toshkentda Zeekr va Onix avtomobillarining yosh haydovchilari YTHga uchradi.

19-noyabr kuni Toshkentda yana bir YTH sodir bo‘ldi, bu safar Zeekr va Onix avtomobillari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi matbuot xizmati.


Voqea soat 20:45 atrofida Chilonzor tumanidagi Kichik halqa yo‘lida sodir bo‘lgan. YTHda 2001-yilda tug‘ilgan Zeekr rusumli avtomashina haydovchisi va 2003-yilda tug‘ilgan Onix rusumli avtomashina haydovchisi ishtirok etgan. YTH natijasida Onix haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 


Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.


Onix, Avariya, Toshkent, 2024 yil, 2024
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing