17:16 / 16.11.2024
189 740

Sud samarqandlik 21 yoshli haydovchini 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi

 

Sud samarqandlik 21 yoshli haydovchini 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

29-iyul kuni Urgut viloyatining Urgut – Gus – Avazmergan avtomobil yo‘lida uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi. Kobalt haydovchisi qarama-qarshi bo‘lakda harakatlanayotgan Damasga tezlik bilan kelib urilgan.
Mikroavtobus haydovchisi va  bir yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida, bir yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan. Yana ikki Damas yo‘lovchisi va Cobalt haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi avtomashina haydovchisini Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan aybdor deb topib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.


Urgut, avariya, jinoyat, 29 iyul
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing