Cobalt O’zbekistondagi eng ommabop mashina modeli sifatida topildi
Cobalt O’zbekistondagi eng ommabop mashina modeli sifatida topildi.
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt avtomobillarini sotish bo‘yicha 55 494 ta shartnoma tuzdi.
Eslatib o‘tamiz, savdo.uzavtosanoat.uz platformasida Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT modellari bo‘yicha shartnomalar tuzilgan edi.
Ishlab chiqaruvchidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jami 55 494 ta shartnoma tuzilgan bo‘lib, shundan 55 322 tasi “Yagona ID” tizimi orqali vakolat berilgan jismoniy shaxslar tomonidan, 172 tasi esa yuridik shaxslar tomonidan bajarilgan.
Shartnoma natijasida 27 201 dona Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va 28 293 dona Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobillari sotildi.
UzAuto Motors kompaniyasi UzAutoSavdo tizimi orqali onlayn sotuvlar davomida 22,8 ming kiberhujum qayd etilganini xabar qildi. Shunga qaramay, platforma faoliyatida uzilishlar kuzatilmadi. Tizimda 520 mingdan ortiq faol seans va soniyasiga 3 mingdan ortiq ulanish qayd etildi. Ma'lumot uzatish tezligi sekundiga 6000 Mbit dan oshdi.
Bundan tashqari, shartnoma muddati davomida kompaniyaning Call-markaziga mijozlarning 1872 ta murojaati kelib tushdi va ko‘rib chiqildi.
Avvalroq UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt Midnight modelini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 10 oyi natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda eng ommabop model Chevrolet Cobalt hisoblanadi. 10 oy davomida UzAuto Motors ushbu rusumdagi 112,44 mingdan ortiq avtomobilni sotdi.
cobalt, chevrolet, UzAuto, Motors, 2024, 2024 yil




