10:06 / 10.12.2024
150 191

10-dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

  

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon.
Yashnagay toabad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin, toki bor jahon...

Ana shunday satrlar bilan boshlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz boshimiz uzra hilpiraganda, ozod Vatanimizga nisbatan qalbimizning tub-tubida g‘urur paydo bo‘ladi, hurmat-e'tibor kuchayadi, faxr-iftixor hissi jo‘sh uradi.

Bu muazzam sado azmu shijoatli xalqimizning ruhiga ruh, kuchiga kuch bag‘ishlab, yangidan-yangi bunyodkorlik ishlariga da'vat etadi.

Madhiya faqat madh etish uchun emas, balki e'tiqodning ifodalanishidir. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzulari, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi.

Davlat madhiyasining huquqiy maqomi maxsus qonun bilan mustahkamlanib, uning maqsadi davlat suverenitetiga bo‘lgan e'tiqodning rasmiyligini ta'minlash, davlat suverenitetining idrok qilinishi uchun matn va musiqa yordamida ifodalashdan iboratdir.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing