10:58 / 02.10.2025
17

Toshkentda vaqtincha ko‘cha yopilishi sabab avtobuslar boshqa yo‘nalishda qatnaydi

 

2–15 oktabr kunlari Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasida issiqlik tarmoqlari almashtiriladi. Shu sababli ko‘cha yopiladi va avtobuslarning yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi.


Yangi yo‘nalishlar:


  • №61 – A.S. Banokatiy → G. Alieva → Temiryo‘lchilar → Kichik halqa yo‘li → Bobur
  • №106 – Sarako‘l → Kichik halqa yo‘li → Bobur
  • №40 – Bobur → Kichik halqa yo‘li → Turkiston → Toshkent vokzali → Temiryo‘lchilar → A.S. Banokatiy → RET zavodi
  • №66 – Qumariq → Bobur → Kichik halqa yo‘li → Turkiston → Toshkent vokzali → Mehrjon → Eski Sarako‘l → Yangizamon → Sarako‘l → A.S. Banokatiy → RET zavodi
  • №52 – Lokomotiv ko‘chasi ↔ Toshkent vokzali



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing