O‘zbekiston para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunladi
Hindistonning Nyu-Deli shahrida to‘qqiz kun davom etgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 14-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston sportchilari jami 12 ta medal — 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
Oltin medal sohiblari:
Yoqutxon Xolbekova (T12, uzunlikka sakrash), Jasur Xo‘jayev (F32, yadro uloqtirish), Karomat Omonova (F46, yadro uloqtirish), Faxriddin Xamrayev (T12, 400 metr), Temurbek G‘iyozov (T64, balandlikka sakrash).
Kumush medal egalari:
Kubaro Hakimova (F41, yadro uloqtirish), Shahina Yigitaliyeva (F46, nayza uloqtirish), Yorqinbek Odilov (F57, nayza uloqtirish), Bobur Omonov (F41, yadro uloqtirish), Madina Muxtorova (F40, yadro uloqtirish).
Bronza medal egalari:
Tolibboy Yo‘ldoshev (F37, yadro uloqtirish) va Navro‘za Axmatova (F41, disk uloqtirish).




