08:37 / 06.10.2025
17

Prezident Mirziyoyev 6–7-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

 


 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6–7-oktyabr kunlari Ozarbayjonga amaliy tashrif bilan boradi. Tashrif Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.


Prezident Mirziyoyev tashrif doirasida Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi. Sammit “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusida bo‘lib o‘tadi.


Kun tartibida tashkilot doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish masalalari, siyosat, savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashadilar.


Sammit yakunida tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma qaror va hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing