13:08 / 07.10.2025
0

Rossiya O‘zbekistondan keltirilgan 20 tonnadan ortiq uzumni qaytarib yubordi

 


Rossiyaning Rosselxoznadzor agentligi Krasnodar aeroportida O‘zbekistondan olib kelingan 20,7 tonna uzum partiyasini qabul qilishdan bosh tortdi. Kub News nashrining xabariga ko‘ra, mahsulotda Rossiyada taqiqlangan parazit o‘simlik — povilika aniqlangani sababli butun partiya O‘zbekistonga qaytarilgan.


6-oktabr kuni e’lon qilingan rasmiy ma’lumotda laboratoriya tekshiruvlari parazitning tirik holatda mavjudligini tasdiqlagan. Povilika ip shaklidagi novdalari orqali boshqa o‘simliklarga o‘ralib, ularning oziqasini so‘rib oladi, bu esa hosil sifatining pasayishiga va o‘simliklarning o‘sishi sekinlashishiga olib keladi.


Rosselxoznadzor vakillari bunday holatlarning oldini olish uchun import mahsulotlar ustidan yanada qat’iy nazorat o‘rnatilishi zarurligini, fitosanitar xavfsizlik esa Rossiya uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladilar.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing