19:11 / 02.10.2025
17

Samarqandda hamshira chaqaloqni o‘g‘irlab, sotgani uchun qamaldi

 


Samarqand viloyati Payariq tumani markaziy shifoxonasida 1981-yilda tug‘ilgan hamshira K.A. ruhi nosog‘lom onaning 3 kunlik chaqalog‘ini aldov yo‘li bilan olib chiqib, uni 5 million so‘m va 100 dollar evaziga sotgani fosh etildi. Bola tezkor surishtiruv natijasida topilib, yana tug‘uruqxona bo‘limiga qaytarildi.


Sud hukmiga ko‘ra, K.A. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bo‘yicha aybli deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi hamda 2 yil davomida sog‘liqni saqlash tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan chetlatildi.


Dastlab sud uning Minlo rusumli avtomobilini jinoyat quroli sifatida davlat foydasiga o‘tkazishga qaror qilgan edi, biroq viloyat sudining apellyatsiya instansiyasi bu qarorni bekor qilib, mashinani K.A. ixtiyorida qoldirdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing