08:48 / 04.10.2025
17

Markaziy bank uchta bankka 2,5 mlrd so‘m jarima qo‘lladi, “Hamkorbank” mijozlarga 20 mlrd so‘m qaytaradi

 



Markaziy bank qonunchilik talablariga amal qilmagani sababli TBC Bank, “Davr bank” va “Hamkorbank”ka nisbatan jarima choralarini qo‘lladi.


  • “Hamkorbank” — 955 mln so‘m jarima
  • “Davr bank” — 931 mln so‘m jarima
  • TBC Bank — 615 mln so‘m jarima



Bundan tashqari:


  • TBC Bankda ortiqcha hisoblangan 2,5 mlrd so‘m foizlar va noqonuniy hisoblangan 1,7 mlrd so‘m foizlar mijozlar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
  • **“Davr bank”**da ortiqcha hisoblangan 1,7 mlrd so‘m foizlar, kredit summasidan noqonuniy ushlab qolingan 1,9 mlrd so‘m hamda ularning ustiga undirilgan 461,6 mln so‘m mijozlarga qaytariladi.
  • “Hamkorbank” esa 20 mlrd so‘mdan ortiq mijozlardan undirilgan mablag‘ni qaytarib berishi shart qilib belgilandi.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing