10:55 / 02.10.2025
17

Ipoteka subsidiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi


 Bugun, 2 oktabrdan O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun ariza qabul qilish qayta ochildi.


 
 Ariza topshirish usullari:


  • Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish;
  • my.gov.uz orqali onlayn ariza berish.




Ball berish mezonlari



Maosh bo‘yicha:


  • Hududlarda (Qoraqalpog‘iston va viloyatlar):
    • 3,43 mln – 8,89 mln so‘m → 10 ball
    • 8,89 mln – 10,16 mln so‘m → 5 ball
  • Toshkent shahrida:
    • 3,43 mln – 10,16 mln so‘m → 10 ball
    • 10,16 mln – 11,69 mln so‘m → 5 ball



Qo‘shimcha shartlar:


  • Oilada mulk yoki turar-joy bo‘lmasa → 20 ball
  • «Labor-migratsiya» dasturidagi mehnat migranti → 10 ball
  • Olis hudud mutaxassisi, tibbiyot xodimi, 30 yoshgacha yoshlar, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi ayollar, nogironligi bor shaxslar → 5 ball



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing