08:56 / 04.10.2025
17

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov doping sababli chetlatildi

  



Combat Sports Anti-Doping (CSAD) tashkiloti o‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirovni antidoping qoidalarini buzganlikda ayblab, uni bir yilga janglardan chetlatdi.


Temirovning 2025-yil 12-iyunda Tailandning Pxuket shahrida olingan dastlabki namunasi hamda 4-iyuldagi ikkinchi sinovida taqiqlangan trimetazidin (TMZ) moddasi aniqlangan. TMZ yurak kasalliklarida qo‘llanilsa-da, UFC antidoping dasturida qat’iyan man etilgan. Sportchi birinchi sinov natijalaridan vaqtida xabardor qilinmagani bois, jarayon yagona qoidabuzarlik sifatida baholandi.


CSAD ma’lumotiga ko‘ra, Temirov moddadan foydalanganini tan olgan. U dorini shifokor tavsiyasi bilan qabul qilganini, ammo uning taqiqlanganini tekshirmaganini bildirgan. Shuningdek, u shifokoriga o‘zining UFC jangchisi ekanini ham aytmagan.


Ramazon Temirov UFC doirasida ikki bor jang qilgan va ikkalasida ham g‘alaba qozongan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing