16:42 / 02.10.2025
17

O‘FA milliy jamoa bosh murabbiyligiga Branko Ivankovich nomzodini ko‘rib chiqmoqda

 


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi JCH-2026 musobaqasida milliy jamoani boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiy sifatida xorvatiyalik mutaxassis Branko Ivankovich nomzodini ilgari surdi. Uning yaqin hamkori Rizo Chilongarning tasdiqlashicha, O‘FA Ivankovichga rasmiy taklif yuborgan.


Branko Ivankovich ilgari Xitoy milliy jamoasini boshqargan, ammo JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagach, iste’foga chiqqan. Shuningdek, 2020–2024-yillar davomida O‘mon terma jamoasini boshqargan. U ikki marotaba jahon chempionatida qatnashgan: 1998-yilda Xorvatiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida va 2006-yilda Eron milliy jamoasini boshqargan, biroq guruh bosqichidan chiqa olmagan.


Shu bilan birga, insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘FA Fabio Kannavaro bilan ham parallel ravishda muzokaralar olib bormoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing