Shimoliy Afrikani oxirgi 50 yilda birinchi marta qor qopladi
Shimoliy Afrikani oxirgi 50 yilda birinchi marta qor qopladi.
Marokashda 50 yil ichida birinchi marta qor yog‘di. Bu haqda “Maghreb Arabe Press” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatning markaziy, janubi-sharqiy va janubiy hududlaridagi bir qancha viloyatlarda sovuq ob-havo kuzatilib, qor va kuchli yomg‘ir yoqqan. Qalin qor qatlami ayrim joylarda 35-40 sm balandlikka yetgan. Azilal, Beni-Mellal, Ifron, Midelt, Tarudant, Tinghir, Uarzazat va El-Haouz viloyatlaridagi keng hududlarni qor butunlay qoplagan. Ayrim joylarda havo harorati -5 darajagacha tushib ketgani aytilmoqda.
“Qorni sevuvchi turistlar va suratkashlar Targudant, Tinghir, Uarzazat, Figig va boshqa viloyatlardagi vohalar o‘rtasida joylashgan qorga burkangan xurmo bog‘larini tomosha qilish uchun keldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimi O‘rta Atlas tog‘larida ham kuzatilmoqda. Bu hududda qishki ob-havo va qorda dam olishni yoqtiruvchi turistlar orasida vulqon kraterida joylashgan Mishliffen chang‘i bazasi va Hibri tog‘i mashhur. Ifron va Azru kurort shaharchalaridagi mehmonxonalar to‘lib ketgan. Ularning atrofidagi kedr va qarag‘ay o‘rmonlari, toza havosi va tog‘ ko‘llari manzarasi o‘zining betakrorligi bilan tanilgan.
birinchi, marta, etilishicha, obhavo, joylarda, Ifron, Tinghir, Uarzazat, turistlar, joylashgan, Shimoliy, Afrikani, oxirgi, yilda, qopladi, Marokashda, ichida, yog‘di, haqda




