22:01 / 05.01.2025
106 055

Sardor Rashidovga Eronning “Persepolis” klubi qiziqish bildirmoqda

 

Sardor Rashidovga Eronning “Persepolis” klubi qiziqish bildirmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Sardor Rashidov o'z faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin
 
Oxirgi mavsumni Namanganning “Navbahor” klubida o‘tkazgan 33 yoshli Rashidovga Eron klubi befarq emas. Fors jamoasining muxlislariga tegishli sahifalarda ham o‘zbekistonlik futbolchining “Persepolis”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Qayd etish joiz, “Persepolis”da yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov ham to‘p tepadi. Rashidovning Tehron klubiga o‘tishida O‘runov ham muhim rol o‘ynashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Sardor Rashidov faoliyati davomida ko‘plab xorijiy davlatlar chempionatlarida, jumladan Qatar, BAA, Quvayt va Portugaliya klublarida to‘p tepgan. Agar Rashidov “Persepolis”ga o‘tsa, Eron birinchiligi Rashidov to‘p tepadigan 5-xorijiy chempionat bo‘ladi.


Rashidov, Sardor, Rashidovga, klubi, jamoasining, mumkin, o‘zbekistonlik, “Persepolis”ga, O‘runov, Eronning, “Persepolis”, qiziqish, bildirmoqda, O‘zbekiston, milliy, terma, sobiq, futbolchisi, faoliyatini
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing