13:16 / 30.07.2025
5 407

Jahon chempionati qur’a tashlash marosimi qayerda va qachon o‘tkaziladi?

 


2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5-dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.


Marosim dunyodagi eng katta sharsimon inshoot — “Sphere Hall”da o‘tkaziladi. U 17,500 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalari bilan mashhur.


O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan holda tarixiy natijaga erishdi. Endi esa futbolchilarimiz kimlarga qarshi maydonga tushishini ushbu marosim orqali bilib olishadi.



2026-yilgi Jahon chempionati haqida:


– Turnir 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi.

– Bu safargi mundial tarixdagi eng yirik bo‘ladi: 64 ta o‘yin o‘rniga 104 ta o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

– Turnir 39 kun davom etadi — bu 2014 va 2018-yillardagi mundiallarga nisbatan 7 kunga ko‘proq.

– Bellashuvlar uch davlatda — AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.


Qur’a natijalari e’lon qilingach, O‘zbekistonning guruh bosqichidagi raqiblari va dastlabki o‘yinlari bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilinadi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing