10:23 / 02.05.2025
909

Abduqodir Husanovning “Barselona”ga ijaraga o‘tishi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

 

Ispaniyaning Carpetas Blaugranas nashri kataloniyaliklar Husanovni uzoq muddatli loyihaning asosiy qismidan biri sifatida ko‘rayotgani, klub uni bir mavsumga ijaraga olib, keyinroq to‘liq sotib olish variantini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgandi.


Biroq futbolchining agenti G‘ayrat Hasbiullin bu boradagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Barselona”dan hech qanday rasmiy murojaat bo‘lmagan:


“Menga ‘Barselona’dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q. Bu gaplardan xabardor emasman. Klub prezidenti ham men bilan bog‘lanmagan. Bularning barchasi shunchaki mish-mish,” — dedi Hasbiullin Sport-Express nashriga.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing