10:23 / 01.04.2025
46 327

O‘zbekistonlik bokschilar Jahon kubogini g‘alaba bilan boshladi

 


Kecha, 31-mart kuni tunda Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ishtirokini boshladi.


Dastlabki kunda ringga chiqqan uchala o‘zbekistonlik bokschi ham g‘alaba qozondi:


-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Nebil Ibrahim (Shvetsiya) 5:0

-70 kg: Iqboljon Xoldorov — Damyan Durkach (Polsha) 5:0

-80 kg: Javohir Ummataliyev — Alfred Kommi (Italiya) 4:1


Shuningdek, bugun tunda yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi dunyo birinchiligida o‘z ishtirokini boshlaydi:


-60 kg: Madiyar Daniyarov - Mishel Baldassi (Italiya)

-50 kg: Asilbek Jalilov - Nurzat Ongarov (Qozog‘iston)

-85 kg: Akmaljon Isroilov - Leonid Berisha (Shveysariya)




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing