Turkiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ufuk Ulutash Oʻzbekiston TIV vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri ma`lum qildi.

“Turkiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ufuk Ulutash janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik. Janob Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deydi Oʻzbekiston TIV vaziri.
Baxtiyor Saidovning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston va Turkiya nafaqat ikki tomonlama sherikchilik darajasida, balki mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishda ham faol harakatlar qilmoqda. Birgalikdagi saʼy-harakatlar har ikki mamlakat ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun, 2021-yil 5-martdan buyon Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchisi sifatida Olgan Bekar faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Ispaniya va Kanadaning Oʻzbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Malayziyaning islom sanʼatiga oid nodir kolleksiyasi Oʻzbekistonda namoyish etiladi

David Kotaria Gruziyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi

Maltaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga yangi Elchi tayinlandi

O'zbekiston va Xorvatiya TIV rahbarlari Toshkentda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va dinamik almashinuvni ta'kidladi.