11:44 / 20.02.2025
29 551

David Kotaria Gruziyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi

David Kotaria Gruziyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.

Unga koʻra, David Kotaria kecha, 19-fevral kuni Oʻzbekiston TIV rahbariga ishonch yorligʻi nusxalarini topshirgan.

“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish yoʻllarini muhokama qilib, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab oldik”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Shuningdek, vazir Tashqi ishlar vazirligi elchini Oʻzbekistonda samarali diplomatik missiyasini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini taʼkidlagan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing