11:00 / 11.12.2024
148 842

O'zbekiston va Xorvatiya TIV rahbarlari Toshkentda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va dinamik almashinuvni ta'kidladi.

 

O'zbekiston va Xorvatiya TIV rahbarlari Toshkentda bo'lib o'tgan muzokaralarda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va bundan buyon dinamik almashinuvni ta'minlash zarurligini ta'kidladilar.

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan Xorvatiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Gordan Grlich-Radman bilan uchrashdi.
"Bugun Tashqi ishlar vazirligida Xorvatiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Gordan Grlich-Radman janoblarini kutib olishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Uchrashuvimiz kun tartibi juda keng bo'lib, hamkorlikning barcha yo'nalishlarini qamrab oldi. Ikki tomonlama aloqalarimizni mustahkamlash va bundan buyon dinamik almashinuvni ta'minlash zarurligini ta'kidladik. Oldimizga yangi maqsadlar qo'ydik, kelgusi yil rejalarini muhokama qildik va mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o'rtasida yaqin hamkorlikni qo'llab-quvvatlashga kelishib oldik".

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Xorvatiya tashqi ishlar vazirlari sentyabr oyi oxirida Nyu-Yorkda shahrida bo'lib o'tgan BMT Bosh Assambleyasi doirasida uchrashgan edilar. Vazirlar yaqin siyosiy muloqot o'rnatish, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish, madaniy aloqalar va xalq diplomatiyasini rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.


O'zbekiston, Xorvatiya, TIV, rahbarlari, Toshkentda, 2024
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing