16:20 / 23.01.2025
75 735

Maltaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga yangi Elchi tayinlandi

 

Oʻzbekiston va Malta oʻrtasida diplomatik pasport egalari uchun oʻzaro vizasiz rejim joriy qilish toʻgʻrisida Bitim imzolandi.


 

 

Maltaning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi Karmelo Inguanez ishonch yorliqlarini Oʻzbekiston TIV vaziriga topshirdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.


 

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, parlamentlar oʻrtasida doʻstlik guruhlarini tashkil etish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, turizmni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim sohasida aloqalarni jadallashtirish va tomonlar munosabatlarini yuksaltirishga qaratilgan boshqa yoʻnalishlar muhokamasi joy oldi.


Shuningdek, elchi va vazir oʻrtasida diplomatik pasport egalari uchun oʻzaro vizasiz rejim joriy qilish toʻgʻrisida Bitim imzolandi.



Malta, O'zbekiston, elchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing