14:56 / 24.02.2025
22 924

Respublika bo'yicha havo harorati -9 gradusgacha tushishi mumkin UzNur.uz

Respublika bo'yicha havo harorati -9 gradusgacha tushishi mumkin

Dam olish kunlaridagi iliq havodan so'ng respublika bo'yicha havo harorati keskin o'zgarishi kutilmoqda.

O'zgidrometning xabar berishicha, respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 24-25 fevral kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 26 fevralda respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir qorga aylanadi. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.


Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.


Bugun kunduzi hududning katta qismida havo harorati 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 25-27 fevral kunlari 0-5 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi. 
26-27 fevral kunlariga kelib, kechalari harorat 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi.


Ish haftasi davomida respublika shimolida harorat asosan kechalari 
4-9 daraja sovuq, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.


Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.


 

Toshkentda: bugun kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 25-28 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi) bo‘ladi.


Havo harorati bugun kunduzi 13-15 daraja iliq, ertaga 11-13 daraja iliq bo‘ladi, 26-28 fevralda 2-5 daraja iliqqacha pasayadi. 27-28 fevralga kelib, 
harorat kechalari 0-3 daraja sovuqqacha asta-sekin pasayadi. 


havo harorqati, sovishi, 24-25-fevral
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing