11:26 / 10.02.2025
46 300

Havo harorati +5° gacha ko'tarilishi mumkin

 

Oʻzbekistonda 10-fevral, dushanba kuni oʻrtacha havo harorati 0…+5° iliq boʻladi. Farg‘ona vodiysi bundan mustasno, respublikaning aksariyat hududlarida qor yog‘adi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.

Kechqurun Toshkentda qor yog‘ishi kutilmoqda. Shaharda havo +3…+5° gacha isiydi. Yozish vaqtida poytaxtda +1° qayd etilgan.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Bu hududlarda qor va tuman tushishi mumkin.



harorat, havo, O'zgidromet
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing