Yangi hayotda 10 ming ish o’rinli maxsus sanoat zonasi ochildi
Yangi hayotda 10 ming ish o’rinli maxsus sanoat zonasi ochildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yangihayot tumanida barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo’ldi.
Mamlakatimizda sanoat va tadbirkorlik rivojlangani sari qoʻshimcha sharoitlarga ehtiyoj tugʻilmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 20 martdagi qarori bilan tashkil etilgan mazkur sanoat zonasi yana koʻplab korxonalarga joy boʻladi.
Hudud iqtisodiyotida katta oʻringa ega boʻlishi kutilayotgan majmua maydoni 764 gektar. Ayni paytda infratuzilma tarmoqlari barpo etilmoqda. Bu yerda oziq-ovqat, qurilish materiallari, elektrotexnika, mashinasozlik va kimyo sanoati kabi yoʻnalishlarda 1 milliard 375 million dollarlik 47 ta loyiha joylashtiriladi. Ularda 10 mingtaga yaqin yangi ish oʻrini yaratiladi.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek, korxonalarda xalqaro brendlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Xususan, “DP World”, “JAC Motors”, “Krantas”, “Aces Japan”, “East can solutions”, “EAS” va “Evyap” kabi nufuzli kompaniyalar hamkorligida qoʻshilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Davlatimiz rahbariga shunday loyihalardan ayrimlari taqdimot qilindi.
Shavkat Mirziyoyev, 10, ish, orin, davlat, prezident, 2024, 2024 yil




