Toshkentda Xitoy Eksport-import bankining vakolatxonasi ochildi
Toshkentda Xitoy Eksport-import bankining vakolatxonasi ochildi.
2024-yilning 22-noyabr kuni Toshkentda Xitoy Eksport-import banki (Xitoy Eksim-banki) vakolatxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu voqea Xitoy va O‘zbekiston, shuningdek, qo‘shni Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beradi.
Xitoy Eksim bankining doimiy qo‘llab-quvvatlashi tufayli O‘zbekistonda umumiy qiymati 3 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 50 dan ortiq loyiha amalga oshirildi. Bu loyihalar iqtisodiyotning kimyo sanoati, energetika, transport, axborot texnologiyalari, qishloq va suv xo‘jaligi kabi muhim tarmoqlarini qamrab oladi.
Toshkentda mintaqaviy vakolatxonaning ochilishi Xitoy Eksim-banki faoliyati geografiyasini kengaytirmoqda. Endi Toshkentdagi ofisi bankning sakkizta davlatda: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Xitoy, Toshkent, O'zbekiston, xabarlar, 2024, 2024 yil




