3 martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza berish mumkin bo‘ladi
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalarni 3 mart kuni soat 09:00dan boshlab jo‘natish mumkin.
Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali topshirish mumkin. Bunda ariza beruvchi xohishi bilan uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlari kiritilishi mumkin.
Shuningdek, arizachi yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromadi quyidagicha bo‘lishi kerak:
⁃ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (hozirda 3,11 mln — s);
⁃ Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7−9,2 baravari (hozirda 3,11 mln so‘m — 10,62 mln so‘m).




