13:57 / 18.12.2024
136 834

Qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga qo‘yiladigan talablar tasdiqlandi

 

Qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga qo‘yiladigan talablar tasdiqlandi.

O‘yinlar va bukmekerlik kompaniyasining ustav kapitali BHMning kamida 150 ming baravari miqdorida, lotereya tashkilotchisiniki esa BHMning 55 ming baravari miqdorida bo‘lishi kerak.

Hukumat qarori bilan internet orqali tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni, lotereyalar tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga qo‘yiladigan litsenziya talablari hamda shartlari belgilandi.

2025-yildan O‘zbekistonda internet orqali tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilishi belgilangan.

Mazkur faoliyat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan besh yilga beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi. Litsenziyaning mavjudligi tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda qonuniy qatnashishga asos bo‘ladi.

Agentlik tomonidan Stavkalar va o‘yinchilarning yagona davlat registri yuritilib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

O‘yinchilar yagona reyestri;
Cheklovlar (taqiqlar), shu jumladan, bukmekerlik garovlarida yoki o‘yinlarda yutqazish mumkin bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha limitlar yagona reyestri;
Sotib olingan lotereya chiptalari, bukmekerlik garovlari uchun qabul qilingan va kiritilgan mablag‘lar bilan bog‘liq moliyaviy tranzaksiyalar reyestri;
Yutuqlar bo‘yicha to‘lovlar reyestri.
Registrni tashkil etishda pul aylanmalari ustidan nazorat hamda konsolidatsiyalashgan hisobni ta’minlash, tashkilotchi bilan manfaatlar to‘qnashuvi holatlarida o‘yinchi manfaatlarini himoya qilish, qaramlikka qarshi kurashish va uning oldini olishga e’tibor qaratiladi.

Talablar qanday?
Lotereyalar an’anaviy (qog‘oz) va elektron shaklda tashkil etiladi. Tashkilotchilar tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishlari shart, ular o‘z xizmatlarini ko‘rsatish uchun milliy segmentdagi faqat bitta domen nomidan foydalanishi mumkin.

Shuningdek, lotereyalardan yig‘ilgan mablag‘lar g‘oliblarga yutuq sifatida qog‘oz lotereyalar uchun kamida 50%, elektron shalkda esa kamida 75% miqdorida to‘lanadi.

Quyidagi mezonlardan kamida ikkitasi mavjud bo‘lganda o‘yinlarni o‘tkazish joyi sifatida O‘zbekiston tan olinadi:

o‘yinchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
o‘yin mamlakat hududida tashkil etilishi;
o‘yinchi O‘zbekiston hududidan o‘yinda ishtirok etishi;
o‘yinga kirish uchun O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan ІP-manzildan va xalqaro kod mavjud bo‘lgan mobil telefon raqamidan foydalanish;
o‘yinga pul kiritish hamda chiqarish uchun O‘zbekiston banki tomonidan chiqarilgan kartadan foydalanilganda.
Yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda bukmekerlik garovlariga stavkalarni qabul qilish, o‘yinlarga pul kiritish faqat elektron shaklda registrdan foydalangan va o‘yinchi shaxsi tasdiqlanganda tashkilotchining veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Qimor o‘yinlari va lotereyalar hamda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishda har bir faoliyat turi bo‘yicha alohida litsenziya olish mumkin.

Internetda o‘yinlar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisining ustav kapitali BHMning kamida 150 ming baravari (56,25 mlrd so‘m) miqdorida, lotereya tashkilotchisiniki esa BHMning 55 ming baravari (26,62 mlrd so‘m) miqdorida bo‘lishi kerak.

Ustav kapitalini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va majburiyatlar yuklatilgan boshqa, jinoiy faoliyatdan olingan mablag‘lardan foydalanish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, qimor o‘yinlari va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi BHMning kamida 75 ming (28,12 mlrd so‘m) baravari miqdorida, lotereya tashkilotchisi BHMning 40 ming baravari (15 mlrd so‘m) miqdorida agentlikka zaxira mablag‘larini qo‘yadi.

Qanday cheklovlar bor?
Shuningdek, 18 yoshga to‘lmagan fuqarolar hisobraqamlaridan o‘yinlar, lotereyalar va bukmekerlik garovlari bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirish mumkin emas.


Qimor, o‘yinlari, lotereya, bukmekerlik, faoliyatiga
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing